17-Mart, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida tarmoq kengashi mutaxassislari uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi. Treninglar davomida tinglovchilar, kasbiy faoliyat tavsifini ishlab chiqish, asosiy mehnat funksiyalari va mehnat harakatlarini aniqlash, zarur bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha salohiyatini oshirdilar. Shuningdek, seminar-trening jarayonida ishlab chiqilgan kasbiy standart loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur taqdimotlar ekspertlar tomonidan atroflicha tahlil qilinib, ishtirokchilarga aniq metodik tavsiyalar berildi hamda hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Seminar yakunida tinglovchilarga Institutning tegishli sertifikatlari topshirildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati