Menyu

Sud ekspertiza markazi xodimlari uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi

17-Mart, 2026-yil

Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Sud ekspertiza markazi ishchi guruhi vakillari uchun Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti mutaxassislari tomonidan kasbiy standartlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga milliy malaka tizimining me'yoriy hujjatlarini, kasbiy standartlarni hamda malaka talablarini ishlab chiqishning amaliy jihatlari, ilg‘or xalqaro tajribalar hamda milliy metodologiya asosida ularni shakllantirish tartibi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi va samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv jarayonida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech