18-Mart, 2026-yil
“Bir haftada bir kitob” loyihasi davom etadi – va bu galgi sayohatimiz inson qalbiga, ma’naviyat olamiga boshlaydi… Navbatdagi kitobimiz – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub “Odamiylik mulki”. Bu asar bekorga “Axloq kitobi” deb atalmagan. U insonni inson qiladigan fazilatlar, qalb pokligi, vijdon, halollik va insoniylik haqida chuqur mulohazalarga chorlaydi. Asar uch fasldan iborat bo‘lib, har bir sahifasi o‘quvchini o‘z-o‘ziga nazar tashlashga, ichki dunyosi bilan yuzma-yuz kelishga undaydi. 📖 Muallifning quyidagi so‘zlari esa har birimizni o‘yga solmay qo‘ymaydi: “Donolar demishlarkim: Sen o‘zingni ko‘rmoq istaysanmi? U holda ko‘zgudagi tashqi qiyofangga emas, ichingdagi ko‘zguga boq!” Bu kitob – nafaqat o‘qiladi, balki his etiladi, anglanadi va insonni o‘zgartiradi. Keling, birga o‘qiymiz, birga fikr yuritamiz! ➡️ Ushbu kitobning audio variantini "Mutolaa" ilovasidan topishingiz mumkin! Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati