24-Mart, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) o‘rtasida “Markaziy Osiyoda yashil iqtisodiyot uchun yashil ko‘nikmalar (PROGRESS)” mintaqaviy loyihasi doirasida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi — milliy malakalar tizimiga yashil ko‘nikmalarni integratsiya qilish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini tizimli ravishda joriy etishdan iborat. Shuningdek, hujjat doirasida: Shu bilan birgalikda, yangi shakllanayotgan yashil kasblar hamda istiqbolda talab yuqori bo‘ladigan ko‘nikmalarni aniqlash, kasbiy ta’lim va tayyorlash (VET) hamda uzluksiz ta’lim tizimlarida barqaror rivojlanish tamoyillarini keng joriy etish muhim vazifa sifatida e’tirof etildi. Mazkur hamkorlik milliy malaka tizimini zamonaviy global tendensiyalar asosida rivojlantirish va “yashil iqtisodiyot”ga mos malakali inson kapitalini shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
- kasbiy standartlar va malaka talablarini ishlab chiqishda yashil ko'nikmalarni inobatga olish;
- baholash vositalariga yashil ko‘nikmalarni integratsiya qilish;
- zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.