26-Mart, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashabbusi bilan YUNESKO ekspertlari hamda tarmoq kengashlari kotiblari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda transport va avtomobilsozlik, qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi va qurilish materiallari hamda qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari kotiblari ishtirok etib, o‘zaro fikr almashdilar. Uchrashuv davomida tarmoq kengashlarining tarkibi, ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilinib, ularning milliy malaka tizimidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tarmoq kengashlari huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlarning faoliyati, kasbiy standartlar hamda tarmoq malaka ramkalarini ishlab chiqishdagi roli yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishda tarmoqlararo hamkorlikni izchil davom ettirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish va tizimli rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati