Menyu

Fanlar akademiyasida kasbiy standartlar va malaka tizimi yuzasidan muhim uchrashuv

27-Mart, 2026-yil

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida milliy malaka tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Fanlar akademiyasi tizimidagi 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etib, soha rivojiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida milliy malaka tizimini takomillashtirish, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun zamonaviy kasbiy standartlarni ishlab chiqish zarurati muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro yondashuvlarni o‘rganish va ularni milliy amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ilmiy sohada malaka talablarini aniq belgilash, tadqiqotchilar faoliyatini tizimli rivojlantirish hamda institutsional hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech