Menyu

Xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv o‘tkazildi

2-Aprel, 2026-yil

Milliy malakalar tizimini rivojlantirish institutida Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda malaka tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida, xalqaro ekspertlar tomonidan rivojlangan davlatlar tajribasi, ilg‘or amaliyotlar hamda zamonaviy yondashuvlar asosida malaka tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, energetika, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va qurilish materiallari sanoati, transport hamda avtomobilsozlik yo‘nalishlarida kasbiy standartlarni yangilash, yangi shakllanayotgan kasblarni tahlil qilish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
 

Powered by GSpeech