Menyu

Transport va avtomobilsozlik sohalari mutaxassislari uchun kasbiy standartlar bo‘yicha seminar-trening boshlandi

12-Mart, 2026-yil

Joriy yilning 12-mart kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida tarmoq kengashi mutaxassislari uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha seminar-trening boshlandi.

Mazkur seminar-treningda Transport va avtomobilsozlik sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi a'zolari “Oʻzavtosanoat” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Toshkent metropoliteni” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Uzautotrans service” MChJ, “Uzavtovokzal Servis” MChJ hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasidan 14 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. 

Trening davomida tinglovchilar kasbiy standartlarni ishlab chiqishda kasbiy faoliyat turining maqsadi va mazmunini belgilash, mehnat funksiyalari doirasida tegishli mehnat vazifalarini shakllantirish hamda zarur ko'nikma va bilimlarni rasmiylashtirish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech