Menyu

Yevropa tajribasi asosida kasbiy malakalar reyestrini rivojlantirish masalalari muhokamada

25-Mart, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Kasbiy malakalar reyestrini ishlab chiqish va boshqarishda Yevropa tajribasi” mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tarmoq kengashlari kotiblari, ishchi guruh aʼzolari hamda xalqaro ekspertlar oflayn va onlayn formatda ishtirok etishdi.

 Seminar-trening davomida:

- kasbiy malakalar reyestrini shakllantirishning ilmiy-metodologik asoslari;
- Yevropa davlatlarida malakalar tizimini boshqarishning samarali mexanizmlari;
- reyestrni raqamlashtirish va maʼlumotlar integratsiyasi;
- taʼlim tizimi va mehnat bozori oʻrtasida samarali uygʻunlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ochiq muloqot, savol-javoblar va amaliy muhokamalar ruhida oʻtdi. Ushbu tadbir ishtirokchilar uchun oʻzaro tajriba almashish va ilgʻor yondashuvlarni oʻrganish imkonini yaratdi.

Seminar-trening milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, malakalarni tizimli shakllantirish va ularni samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech