Menyu

Malaka oshirish kurslari yakuni: yangi ekspertlar safi kengaydi

1-Aprel, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Besh kunlik o‘quv dasturi davomida tinglovchilarga malakali mutaxassislar tomonidan tarmoq malaka ramkalari hamda kasbiy standartlarning ishlab chiqish tartibi, bosqichlari, malakani baholash markazlarini tashkil etish tartibi, ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish prinsiplari, bosqichlari, shuningdek, talablari xususida nazariy bilimlar berildi.

Malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilar kasblar kesimida baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ishlarini tayyorlab, ularni ekspertlar ishtirokida asoslab, himoya qildilar.

Shu bilan birgalikda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari orqali baholandi. O‘quv dasturi yakunida faol ishtirok etgan 30 ga yaqin ekspert nomzodi belgilangan tartib asosida sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech