Menyu

Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ish beruvchilarga malaka sertifikati yoki malaka pasportiga ega mutaxassislar toʻgʻrisidagi ishonchli va doimiy yangilanib boriladigan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestri

Kasbiy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasidagi tegishli reyestrlarga kiritiladi.
Reyestrlarda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
• shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
• kasb (kvalifikatsiya) nomi;
• malaka sertifikati yoki malaka pasportining raqami;
• hujjatning berilgan sanasi va amal qilish muddati;
• malaka sertifikati yoki malaka pasportini bergan malakani baholash markazi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Malaka sertifikati va malaka pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi hamda ularning amal qilish holati platforma orqali tekshirilishi mumkin.

Reyestrdan foydalanish imkoniyatlari

Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasida akkreditatsiyadan oʻtgan barcha malakani baholash markazlarining reyestri yuritiladi. Talabgorlar kasb (kvalifikatsiya), hudud va boshqa mezonlar asosida oʻziga qulay bo‘lgan malakani baholash markazini tanlashi mumkin.

Kasbiy imtihon uchun hujjatlarni topshirish tartibi

Ish beruvchilar platforma orqali:
• kasb (kvalifikatsiya) nomi;
• malaka darajasi;
• hudud;
• malaka sertifikati yoki malaka pasportining amal qilish holati
boʻyicha qidiruv va saralashni amalga oshirishlari mumkin. Bu ish beruvchilarga nomzodlarning kasbiy malakasini rasmiy va ishonchli maʼlumotlar asosida baholash hamda malakali mutaxassislarni tanlash imkonini beradi.

Powered by GSpeech