Menyu

Malakalar milliy standartini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

5-Avgust, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Malakalar milliy standartini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar UNESCO eksperti Dana Stroiening O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ikkinchi ekspertlik tashrifi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi Malakalar milliy standartini xalqaro yondashuvlar asosida ishlab chiqish, o‘quv natijalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish hamda ularni baholash mexanizmlarini amaliy jihatdan ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Transport tarmog‘i va Kasbiy ta’lim agentligi vakillaridan iborat Malakalar milliy standartini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, shuningdek, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda institutning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida kasbiy standartlar asosida o‘quv natijalari birliklarini shakllantirish, o‘quv natijalarini ishlab chiqish, ularga mos baholash mezonlarini belgilash hamda malakalarni baholash tizimi bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, o‘quv natijalarini tan olish, malakalarning o‘zaro taqqoslanuvchanligini ta’minlash va xalqaro akademik hamda kasbiy mobillikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Seminar yakunida Malakalar milliy standartini ishlab chiqishning zamonaviy metodologik yondashuvlari, uni malakalarni baholash mexanizmlari bilan integratsiyalash hamda amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Mazkur seminar Milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, ta’lim natijalarining shaffofligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlash, shuningdek, malakalarning milliy va xalqaro miqyosda tan olinishi uchun zarur institutsional asoslarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Powered by GSpeech