Menyu

Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi

21-Sentabr, 2026-yil

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda xalqaro NIRAS kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “SKILL UP” loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.
Shveytsariya Kasbiy ta’lim federal universiteti – SFUVET bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur seminar “SFUVET yondashuvi bo‘yicha fundamental tushunchalarni shakllantirish: SKA tahlili va tegishli o‘quv kurslarini ishlab chiqish” mavzusida o‘tkazildi.
Unda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti yuriskonsulti A.Opayev hamda Malakani baholash va akkreditatsiya guruhi rahbari A.Uzakbayev ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar Bilim, Ko‘nikma va Munosabatlar (SKA) tahlili, kasbiy faoliyatni o‘rganish, muayyan kasb uchun zarur kompetensiyalarni aniqlash, norasmiy ta’lim kurslari uchun o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Seminarni SFUVETning xalqaro aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi, Shveytsariya Xalqaro kasbiy ta’lim akademiyasi rahbari Emanuel Andreas Wüthrich olib bordi.
Mazkur seminar natijalari “SKILL UP” loyihasi doirasida mehnat bozori va ish beruvchilar talablariga mos qisqa muddatli kasbiy o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ta’lim mazmunini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda kompetensiyalarni baholash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech