30-Sentabr, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga jalb etiladigan ekspertlikka nomzodlar uchun onlayn malaka oshirish kursi tashkil etildi. Besh kunlik o‘quv dasturidan malakani baholash tizimining normativ-huquqiy asoslari, milliy va tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar hamda malakani baholash tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kabi mavzular o‘rin oldi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda: 🔹 malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi; Kurs davomida ishtirokchilar akkreditatsiya mezonlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, mavjud holatni belgilangan talablar bilan taqqoslash hamda o‘rganish natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Mashg‘ulotlarda savol-javob va muhokamalarga ham alohida e’tibor qaratilib, tinglovchilarga amaliy vaziyatlar yuzasidan fikr almashish va o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritish imkoniyati yaratildi. Kurs yakunida tinglovchilarning bilim va tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida test sinovi o‘tkazildi. Mazkur malaka oshirish kursi akkreditatsiya jarayonlarida faoliyat yuritadigan ekspertlarning kasbiy salohiyatini oshirish, baholashda xolislik va izchillikni ta’minlash hamda malakani baholash markazlari faoliyatiga nisbatan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔹 akkreditatsiya guruhini shakllantirish va uning vazifalari;
🔹 markazlar faoliyatini akkreditatsiya mezonlari asosida o‘rganish;
🔹 hujjatlarni tahlil qilish va dalillarga asoslangan xulosalar tayyorlash;
🔹 milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasidan foydalanish;
🔹 risklarni boshqarish, kasbiy etika va ekspert mas’uliyati masalalari yoritildi.