Menyu

Qurilish sohasida kasbiy malakalarni baholash natijalarini raqamli tizimlarga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi

19-Oktabr, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyalarni rivojlantirish instituti vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 

Uchrashuv davomida:

Kompetensiyalarni rivojlantirish instituti tomonidan ishlab chiqilgan yangi raqamli platformaning funksional imkoniyatlari va ishlash mexanizmlari taqdim etildi;

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi, uning asosiy funksiyalari hamda kasbiy malakalarni baholash va sertifikatlash jarayonlarini raqamlashtirish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berildi;

Tomonlar tomonidan raqamli platformalarning o‘zaro va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyasini ta’minlash, kasbiy malakalarga oid ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda integratsiyaning tashkiliy-texnik mexanizmlari muhokama qilindi.

Powered by GSpeech