Menyu

Özbekistonda dual kasbiy ta’limning iqtisodiy samaradorligi muhokama qilindi

22-Oktabr, 2026-yil

Toşkent şahridagi Hilton mehmonxonasida dual kasbiy ta’limning iqtisodiy samaradorligi, iş beruvçilar va ta’lim oluvçilar uçun manfaatlari hamda uni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan xalqaro uçraşuv bölib ötdi. Tadbir DC dVET (Dual kasbiy ta’lim va tayyorgarlik böyiça donorlar qömitasi)ning “The Region Revisited – One Year Later” mintaqaviy taşabbusi doirasida taşkil etildi.

Uçraşuvda Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti, tarmoq kengaşlari, davlat taşkilotlari, iş beruvçi korxonalar, kasbiy ta’lim muassasalari va xalqaro hamkorlik taşkilotlari vakillari, şuningdek, Markaziy Osiyo va Şarqiy Yevropaning Özbekiston, Albaniya, Serbiya, Armaniston, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Kosovo, Moldova, Şimoliy Makedoniya hamda Ukraina kabi mamlakatlaridan iştirokçilar qatnaşdi.

Tadbir gibrid formatda ötkazilib, iştirokçilarga mamlakatlar tajribasini özaro almaşiş va dual kasbiy ta’limni rivojlantiriş böyiça xalqaro yondaşuvlarni muhokama qiliş imkonini berdi.

Uçraşuvda Özbekistonda dual kasbiy ta’lim böyiça ötkazilgan daromad va xarajatlar tahlili natijalari taqdim etildi. Tahlil doirasida yengil sanoat sohasidagi 15 ta korxona hamda Marğilon va Buxoro şaharlaridagi turizm sohasiga oid 8 ta korxona tajribasi örganildi. Yengil sanoat sohasida tahlil qilingan 15 ta korxonadan 14 tasida hisob-kitoblar ijobiy natijani körsatdi.

Muhokamalarda dual kasbiy ta’limning iqtisodiy samaradorligi nafaqat qisqa muddatli daromad, balki öquvçilarning mehnat unumdorligi, malakali kadrlarni tayyorlaş, bitiruvçilarni işga moslaştiriş xarajatlarini kamaytiriş va ularni korxonada saqlab qoliş kabi omillar bilan ham boğliqligi ta’kidlandi.
Şuningdek, korxonalar va kasbiy ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlaş, iş joyidagi ta’lim sifatini oşiriş, korxona trenerlarini tayyorlaş hamda dual ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştiriş yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Uçraşuv xalqaro tajriba va mahalliy tahlil natijalari asosida Özbekistonda dual kasbiy ta’limni takomillaştiriş böyiça keyingi vazifalarni belgilaşga xizmat qildi. 

Powered by GSpeech