27-Oktabr, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantiriş institutida akkreditatsiya jarayonlariga jalb etiladigan ekspertlar uçun taşkil etilgan masofaviy malaka oşiriş kursi muvaffaqiyatli yakunlandi. Öquv maşğulotlari davomida malakani baholaş tizimining normativ-huquqiy asoslari, Milliy malaka ramkasi, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarning özaro boğliqligi, malakani baholaş markazlarini taşkil etiş hamda akkreditatsiya jarayonlarini amalga oşiriş tartibi yoritildi. Şuningdek, markazlar faoliyatini örganiş, baholaş mezonlarini qöllaş, natijalarni işonçli dalillar bilan asoslaş, xulosalarni rasmiylaştiriş, risklarni boşqariş va kasbiy etika masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta'kidlaş joizki, yakuniy test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan tinglovçilar malaka oşirganlik sertifikatlarini qölga kiritdi. Mazkur kurs ekspertlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, malakani baholaş markazlari faoliyatini belgilangan mezonlar asosida örganiş hamda akkreditatsiya jarayonlarida xolislik, şaffoflik va asoslangan xulosalarni ta’minlaşga xizmat qiladi.