Menyu

Olmaotada “Barqaror Markaziy Osiyo: ta’lim, san’at va sun’iy intellektning Ipak yöllari” xalqaro konferensiyasi bölib ötdi

2-Noyabr, 2026-yil

Qozoğiston Respublikasining Olmaota şahrida "Barqaror Markaziy Osiyo: ta’lim, san’at va sun’iy intellektning Ipak yöllari" (Sustainable Central Asia: Silk Roads of Education, Arts, and AI) mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi.

Tadbirda sakkizta davlatdan 70 nafardan ortiq vakil, jumladan, davlat taşkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, xalqaro taşkilotlar hamda madaniyat sohasi mutaxassislari iştirok etdi. Ular qatorida Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti vakillari ham konferensiyada qatnaşdi.

Konferensiyada ta’lim tizimlari örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaş, malakalarni xalqaro tan oliş mexanizmlarini takomillaştiriş, ta’lim sifatini ta’minlaş va akademik mobillikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada CIMEA boş direktori, professor Luka Lantero, YUNESKOning Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonasi direktori Amir Piriç hamda xalqaro taşkilotlar va oliy ta’lim muassasalari ekspertlari iştirok etdi.

Yakuniy muhokamalarda ta’lim va madaniyat sohalarida qöşma taşabbuslarni rivojlantiriş, tajriba almaşinuvini kengaytiriş hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaş zarurligi ta’kidlandi.

Konferensiyada ilgari surilgan taşabbus va yondaşuvlar Özbekistonda milliy malaka tizimini takomillaştiriş, malakalarni xalqaro tan oliş, ta’lim natijalarining qiyoslanuvçanligini ta’minlaş uçun muhim ahamiyatga ega.

Powered by GSpeech