14-Noyabr, 2026-yil
Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida YUNESKO tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida işlab çiqilayotgan Özbekistonda kasbiy ta’lim islohoti böyiça hamkorlik bitimi loyihasini muhokama qilişga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Tadbirda davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, iş beruvçilar va kasbiy ta’lim sohasi vakillari iştirokida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirişning yettita ustuvor yönalişi, jumladan, boşqaruv, malakalarni baholaş va sertifikatlaş, dual ta’lim, kadrlar salohiyati hamda infratuzilmani modernizatsiya qiliş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti vakillari YUNESKO bilan hamkorlikda “Malakalar, baholaş va sertifikatlaş” yönalişidagi yalpi sessiyada iştirok etib, milliy malaka tizimini takomillaştiriş hamda kasbiy malakalarni mehnat bozori talablariga muvofiqlaştiriş masalalarini körib çiqdilar.
Seminar yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida hamkorlik bitimi loyihasini yanada takomillaştiriş böyiça kelgusi vazifalar belgilandi.