Menyu

Oliy ta’limda sifatni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar-trening o‘tkazildi

14-Aprel, 2026-yil

Bugun Association of MBAs & Business Graduates Association (AMBA & BGA) — biznes boshqaruvi, menejment va biznes ta’limi yo‘nalishidagi xalqaro assotsiatsiya bilan hamkorlikda “O‘zbekiston oliy ta’limida sifatni ta’minlashni mustahkamlash: AMBA & BGA tajribalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar vakillari, ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Seminar doirasida biznes yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limda sifatni ta’minlash, ta’lim dasturlarini AMBA & BGA talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari, oliygohlar uchun institutsional rivojlanish strategiyalari, shuningdek ta’lim dasturlarini global standartlar va mehnat bozori talablariga moslashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech