Menyu

Milliy malaka tizimini takomillashtirishda xalqaro hamkorlik

22-Aprel, 2026-yil

Bugun Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) "TexVET-II" loyihasi doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda Institut vakillari, GIZ loyihasi koordinatorlari, hamda kasbiy ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha Ispaniyalik xalqaro ekspert Dr. Paul Comyn ishtirok etdi.

Ekspert muloqot davomida tarmoq kengashlari va malakani baholash markazlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, baholash markazlarini tashkil etish mexanizmlari, ularda davlat va xususiy sektor ishtirokining muvozanati hamda xalqaro tajriba asosida samarali boshqaruv modellarini joriy etish bo‘yicha o‘zining muhim tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv yakunida milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi hamda TexVET-II loyihasi doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada jadallashtirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech