20-May, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayonlarida ishtirok etadigan ekspert nomzodlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi
Mazkur kurslarning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning milliy malaka tizimi, kasbiy standartlar, tarmoq malaka ramkalari hamda malakani baholash jarayonlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Malaka oshirish kurslari davomida ishtirokchilarga milliy malaka tizimi, kasbiy imtihonlar, baholash markazlari faoliyati hamda baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.