25-May, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. Besh kun davom etgan o‘quv dasturida tinglovchilarga tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish mexanizmlari, malakani baholash markazlarini tashkil etish tartibi hamda ularni akkreditatsiyadan o‘tkazishning asosiy tamoyil va talablari bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Shuningdek, seminar-treninglar davomida malaka tizimini amaliyotga joriy etish, baholash jarayonlarini takomillashtirish va sifat kafolati mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birgalikda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari orqali baholandi. O‘quv dasturi yakunida faol ishtirok etgan ekspert nomzodlari belgilangan tartib asosida sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.