Menyu

Kasbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

4-Iyun, 2026-yil

Kasbiy ta’lim agentligi, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida HELVETAS Swiss Intercooperation tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida:
- HELVETAS Swiss Intercooperation tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyati;
- kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari;
- ustuvor yo‘nalishlari hamda hamkorlik modeli masalalari muhokama qilindi.
 

Ma'lumot uchun: Ushbu loyihaning asosiy maqsadi kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini yaxshilash orqali ularning manfaatli ishga joylashuvini ta’minlashdan iborat.

Powered by GSpeech