6-Iyun, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti rahbariyati hamda AQA Global Assessment Services tashkiloti delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida institut tomonidan O‘zbekistonda milliy malaka tizimining joriy holati, institutning asosiy vazifalari va funksiyalari, istiqboldagi rivojlanish rejalari hamda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan kasbiy standartlar yuzasidan taqdimot qilindi.
O‘z navbatida, AQA Global Assessment Services vakillari tashkilot faoliyati, xalqaro tajribasi hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga to'xtalib o'tdi.
Muloqot jarayonida zamonaviy iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlari uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqish, xalqaro ekspertlar salohiyatidan samarali foydalanish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kasbiy malakalarni rivojlantirish, malakalarni baholash tizimlarini takomillashtirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy kasbiy standartlarni shakllantirish va institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati