17-Iyun, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, baholash vositalarini ishlab chiqish, baholovchi ekspertlar korpusini shakllantirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari hamda Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasidan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, institut mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga malakani baholash tizimini joriy etish va uning amaliy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur uslubiy tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va malakalarni baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati