Menyu

Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida Milliy malaka tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi

20-Iyun, 2026-yil

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohasida Milliy malaka tizimi elementlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining mas’ul mutaxassislari hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tarmoq malaka ramkasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, kasbiy standartlarni shakllantirish, malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish, baholovchi ekspertlar korpusini shakllantirish hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
 

Powered by GSpeech