17-Iyul, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi"da kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Milliy malaka tizimi, kasbiy standartlarni ishlab chiqishning huquqiy va metodologik asoslari, mehnat funksiyalari hamda mehnat vazifalarini shakllantirish tartibi yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek, kasbiy standartlarni xalqaro tajriba va milliy metodologiya asosida ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda tashkilotning tegishli boʻlimlari ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi. Yakunda kasbiy standartlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning mazmunini takomillashtirish va kelgusidagi hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi. Mazkur uchrashuv ishchi guruh aʼzolarining kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha metodik bilim va amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.