16-Aprel, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda European Training Foundation (ETF) hamkorligida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminar Yevropa ta'lim fondining (ETF) “DARYA” loyihasi doirasida “Milliy malaka tizimida institutsional rivojlanish va zamonaviy boshqaruv modellari” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda loyihaning xalqaro ekspertlari Nadejda Solodyankina, Eva Yansova, Tereza Valentino, Bayba Raminalar hamda tarmoq kengashi va malakani baholash markazlari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori B. Yuldashev hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi hamkorlik bo‘yicha rahbari Christos Marazopoulos mazkur seminar O‘zbekiston, Italiya va Irlandiya malaka tizimlari doirasida, xususan, institutsional rivojlanish hamda norasmiy va informal ta’lim natijalarini tan olish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish va ilg‘or amaliyotlarni muhokama qilishga bag‘ishlanganini ta’kidladilar. Shuningdek, ular ushbu yo‘nalishlar milliy malaka tizimini rivojlantirishning ustuvor va muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida qayd etdilar.