Menyu

Bank tizimida kasbiy malakalarni rivojlantirish: ishchi guruh uchun amaliy seminar tashkil etildi

27-Aprel, 2026-yil

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Investitsiyalar, bank va savdo sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi ishchi guruhi uchun navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda davlat va xususiy tijorat banklarining 40 ga yaqin vakillari ishtirok etib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Seminar davomida bank sohasidagi kasb va lavozimlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ularni iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish hamda Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga tegishli takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bank tizimi xodimlari uchun xizmatchilar lavozimlari malaka ma’lumotnomasini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or metodik yondashuvlar taqdim etilib, lavozimlar kesimida funksional tahlil o‘tkazish, aniq malaka talablari va xizmat vazifalarini tizimli belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Seminar yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, bank sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish tizimini takomillashtirish hamda yuqori malakali mutaxassislar salohiyatini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech