Menyu

UNESCO ekspertlari ishtirokida Malakalar milliy reyestri bo‘yicha seminar o‘z ishini boshladi

3-Iyun, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda UNESCO xalqaro ekspertlari hamkorligida tarmoq kengashlari vakillari uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar turkumi davom etmoqda. Mazkur o‘quv-amaliy tadbirlarning navbatdagi bosqichi bugun o‘z ishini boshladi.

Seminar-trening doirasida xalqaro ekspert Olav Aarna tomonidan “Malakalar milliy reyestrini shakllantirish: xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar” mavzusida taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida Malakalar milliy reyestrining mazmun-mohiyati, uni shakllantirishning metodologik asoslari, ilg‘or xalqaro tajribalar hamda malakalarni tasniflash va reyestrga kiritish mezonlari atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Uch kun davom etishi rejalashtirilgan seminar-trening davomida Malakalar milliy reyestridan kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va yangilashda samarali foydalanish, ta’lim natijalarining mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, kasbiy standartlar, malaka talablari va kasbiy ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech