Menyu

Elektrotexnika va maşinasozlik sohalari mutaxassislarining kasbiy salohiyati oşirilmoqda

21-Oktabr, 2026-yil

"Özeltexsanoat" uyuşmasida "Maşğulotlarning milliy klassifikatori, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhlarning kasbiy salohiyatini oşiriş" mavzusida seminar taşkil etildi.

Unda Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti, "Özeltexsanoat" uyuşmasi, "Texnopark" MÇJ, Çirçiq transformator zavodi, "Özelektroapparat-elektroşid", "ProCab" QK MÇJ hamda elektrotexnika va maşinasozlik sanoati sohalarida faoliyat yurituvçi yetakçi taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Seminardan közlangan maqsad — tarmoq kengaşi a’zolarining maşğulotlarning milliy klassifikatori, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni işlab çiqiş böyiça bilim va amaliy könikmalarini mustahkamlaşdan iborat.

Uçraşuv davomida işçi guruh a’zolari bilan belgilangan yönalişlar yuzasidan fikr-mulohazalar almaşilib, sohaviy hujjatlarni işlab çiqiş va takomillaştiriş borasidagi vazifalar hamda kelgusida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar kelişib olindi.

Powered by GSpeech