Menyu

UNESCO xalqaro ekspertlarining navbatdagi taşrifi: malakalarga kredit belgilaş tizimi va malaka standartlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi

5-Noyabr, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantiriş institutida UNESCO xalqaro ekspertlari Dana Stroie va Jan Mark Kastejonning 29-oktabr – 4-noyabr kunlari amalga oşirilgan navbatdagi ekspertlik taşrifi yakunlandi.

Taşrif doirasida tarmoq kengaşi vakillari, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda Institut xodimlaridan iborat işçi guruh iştirokida malakalarni kredit birliklari asosida baholaş tizimini rivojlantiriş va malaka standartlarini takomillaştirişga qaratilgan seminar-treninglar taşkil etildi.

Seminar-treninglar davomida Özbekistonda malakalarga kredit belgilaş tizimini işlab çiqişning asosiy tarkibiy elementlari va mexanizmlari taqdim etildi. Işçi guruh a’zolari tomonidan mazkur yondaşuvlarni milliy malaka tizimining öziga xos xususiyatlariga moslaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, işçi guruh vakillari tomonidan “Elektrovoz maşinisti yordamçisi” kasbi misolida işlab çiqilgan malaka standarti loyihasi taqdim etildi. Loyiha xalqaro ekspertlar iştirokida batafsil tahlil qilinib, uning mazmuni va metodologik asoslarini takomillaştiriş yuzasidan tegişli taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.

Ekspertlik taşrifining yakuniy bosqiçida Institut rahbariyati bilan uçraşuv taşkil etildi. Unda taşrif davomida amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar va muhokamalar yakunlari sarhisob qilindi. Şuningdek, malakalarga kredit belgilaş tizimini rivojlantiriş hamda malaka standartlarini işlab çiqiş böyiça navbatdagi bosqiçda amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Powered by GSpeech