Menyu

Baholovchi ekspert

Baholovchi ekspert — Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda tegishli kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha zarur bilim, koʻnikma va ish tajribasiga ega mutaxassis.
Platforma orqali baholovchi ekspertlar malakani baholash jarayonida ishtirok etish hamda malaka oshirish kurslariga oid barcha zarur maʼlumot va elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Baholovchi ekspertlarga qoʻyiladigan talablar

Baholovchi ekspert quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• oliy maʼlumotga ega boʻlish;
• tegishli soha boʻyicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega boʻlish;
• Institut tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini tamomlagan boʻlish;
• baholovchi ekspertlar reyestriga kiritilgan boʻlish.
Malakani baholash markazlarida kasbiy imtihonlarni oʻtkazish uchun kamida uch nafar baholovchi ekspertdan iborat baholash komissiyasi tuziladi. Zaruratga koʻra, bir kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha bir nechta baholash komissiyasi tashkil etilishi mumkin
Baholovchi ekspertning huquq va majburiyatlari malakani baholash markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassisga ekspert sertifikati beriladi.

Ekspert sertifikatiga ega mutaxassis:
• malakani baholash markazlarida baholash komissiyasi aʼzosi sifatida malakani baholash jarayonida ishtirok etishi;
• akkreditatsiya guruhi tarkibida malakani baholash markazlarini oʻrganishda ishtirok etishi;
• baholash vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish jarayonlariga jalb etilishi mumkin.

Powered by GSpeech