Menyu

Milliy malaka tizimi va kasbiy standartlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilin

12-Avgust, 2026-yil

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish doirasida “Milliy malaka tizimining holati va Milliy malakalar ramkasi. Kasbiy standartlarni ishlab chiqishmavzusida trening otkazildi.

Trening davomida Institut direktori hamda masul mutaxassislar tomonidan Ozbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, tizimning amaldagi institutsional tuzilmasi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida batafsil malumot berildi.

Xususan, Milliy malakalar ramkasining mehnat bozori va ta’lim tizimi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashdagi o‘rni, malaka darajalariga qo‘yiladigan talablar, malakalarni shakllantirish, baholash va tan olish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi tushuntirildi. Milliy malakalar ramkasi turli ta’lim bosqichlari va kasbiy faoliyat natijalarini yagona mezonlar asosida tavsiflash, malakalarning shaffofligi hamda taqqoslanuvchanligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muloqotda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 24 ta tarmoq kengashining vazifalari va joriy yil davomida amalga oshirayotgan ishlari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Tarmoq kengashlarining tegishli sohalarda mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish, talab yuqori bo‘lgan va istiqbolda paydo bo‘ladigan kasblarni aniqlash, kasbiy standartlarni ishlab chiqish hamda yangilash, shuningdek, ish beruvchilarning malaka va kompetensiyalarga doir talablarini tizimga integratsiya qilishdagi o‘rni qayd etildi.

Shuningdek, kasbiy standartlarni ishlab chiqishda mehnat bozori tahlili, ish beruvchilarning bevosita ishtiroki, kasbiy faoliyatning mazmuni va rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy texnologiyalar hamda xalqaro tajribani hisobga olish zarurligi tushuntirildi. Ishlab chiqilgan standartlarni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish ularning amaliy ahamiyatini saqlab qolishning muhim sharti ekani qayd etildi.

Tadbirda “Mehnat bozorini prognozlashtirish — Milliy malaka ramkasi — tarmoq malaka ramkalari — kasbiy standartlar — malaka standartlari — ta’lim dasturlari — malakani baholash va tan olish ” o‘rtasida izchil bog‘liqlikni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Kasbiy standartlarda belgilangan talablar asosida ta’lim dasturlari va ta’lim natijalarini shakllantirish kadrlar tayyorlash mazmunini ish beruvchilar ehtiyojlariga muvofiqlashtirish imkonini berishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida Milliy malaka tizimining samarali ishlashi davlat organlari, ish beruvchilar, tarmoq kengashlari, ta’lim tashkilotlari va malakani baholash tuzilmalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka bog‘liq ekani alohida qayd etildi. Bunday hamkorlik mehnat bozorida talab etilayotgan kasb, malaka va kompetensiyalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni kadrlar tayyorlash jarayoniga joriy etish uchun zarur metodik va institutsional asos yaratadi.

Trening yakunida Milliy malaka tizimini izchil rivojlantirish, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va yangilash jarayonlarini tizimlashtirish, tarmoq kengashlari faoliyatining natijadorligini oshirish, ish beruvchilar ishtirokini kuchaytirish hamda ta’lim tizimini mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Powered by GSpeech