Menyu

Milliy malaka tizimini rivojlantirish: ETF bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

8-Oktabr, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Yevropa ta’lim fondi (ETF)ning inson kapitalini rivojlantirish va ko‘nikmalarga bo‘lgan talabni tahlil qilish yo‘nalishi bo‘yicha eksperti Eva Jansova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida DARYA II loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish va belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy malaka ramkasini Yevropa malaka ramkasi (EQF) bilan taqqoslash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. ETF vakili mazkur jarayonda O‘zbekistonga metodik va ekspert ko‘magini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Milliy malaka ramkasining EQF bilan taqqoslanishi O‘zbekistonda berilayotgan malakalarning xalqaro miqyosda tushunarli va taqqoslanadigan bo‘lishini ta’minlash, ularning xalqaro tan olinishini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning xalqaro mehnat bozoridagi kasbiy mobilligini kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by GSpeech