Menyu

UNESCO xalqaro ekspertlarining navbatdagi missiyasi boshlandi

20-Oktabr, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida UNESCO vakillari hamda xalqaro ekspertlar Brigitte Godet va Jan Mark Kastejon ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv xalqaro ekspertlarning Institutga amalga oshirayotgan navbatdagi ekspertlik tashrifi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda Malakalar milliy reyestrini shakllantirish, malaka standartining yagona shablonini ishlab chiqish hamda mikromalakalarni milliy malaka tizimiga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Institutning ekspertlik tashrifidan kutayotgan natijalari belgilab olindi.

Tashrif davomida mikromalakalar bo‘yicha ishchi guruh va Transport sohasi tarmoq kengashi a’zolari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkaziladi. Ularda Malakalar milliy reyestri loyihasi va malaka standarti shabloni amaliy misollarda sinovdan o‘tkaziladi.

Ushbu ishlar natijasida mamlakatda beriladigan malakalar, jumladan mikromalakalar Malakalar milliy reyestrida aks ettiriladi. Ular yagona standart asosida tavsiflanadi. Bu malakalarning shaffofligini oshirish va ularning xalqaro miqyosda taqqoslanishi hamda tan olinishi uchun asos yaratadi.

Powered by GSpeech