27-Oktabr, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi — “WorldSkills Uzbekistan” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi malakalarni mustaqil baholash tizimini takomillashtirish, malakani baholash markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda WorldSkills kasbiy standartlari va ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy malaka tizimiga joriy etishdan iborat. Uchrashuv davomida kasbiy malakalarni baholash sifatini oshirish, xalqaro standartlar asosida kasbiy imtihonlarni tashkil etish, baholash vositalari va mezonlarini ishlab chiqish, shuningdek, baholovchi ekspertlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔹 Malakalarni mustaqil baholash tizimini takomillashtirish — tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, memorandum doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tashkilotlar va ekspertlar bilan tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur hamkorlik kasbiy malakalarni baholash tizimining institutsional va uslubiy asoslarini mustahkamlash, baholash jarayonlarida xolislik, shaffoflik va sifatni ta’minlash, shuningdek, milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Imzolangan memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantiradilar:
🔹 WorldSkills kasbiy standartlarini joriy etish — malakani baholash markazlari faoliyatiga xalqaro standartlar va baholash metodologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etishga ko‘maklashish.
🔹 Amaliy imtihon infratuzilmasini rivojlantirish — zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, real ishlab chiqarish sharoitlariga mos amaliy imtihon maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish.
🔹 Baholash vositalari va mezonlarini ishlab chiqish — kasbiy standartlar asosida amaliy imtihon topshiriqlarini tayyorlash, baholash mezonlarini takomillashtirish va topshiriqlar fondini shakllantirish.
🔹 Ekspertlar salohiyatini oshirish — baholovchi ekspertlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qo‘shma seminarlar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish.
🔹 Baholash jarayonlarini raqamlashtirish — elektron baholash tizimlarini joriy etish, kasbiy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazishda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish.