11-Noyabr, 2026-yil
Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazida “Pedagog milliy ramkasi” loyihasi doirasida umumiy örta ta’lim maktablari öqituvçilarining kasbiy standartini takomillaştirişga bağişlangan ikki kunlik işçi uçraşuv bölib ötdi. Unda Markaz mutaxassislari, UNESCO, UNICEF, Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti vakillari, şuningdek, maktab direktorlari va amaliyotçi öqituvçilar iştirok etdi. Muhokamalarda texnik işçi guruh tomonidan taklif etilgan 11 ta asosiy öqituvçilik kompetensiyasi, ularning mazmuni va amaliy ahamiyati, şuningdek, kasbiy standartni milliy malaka tizimi hamda tarmoq malaka ramkasi talablari bilan uyğunlaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuvning ikkinçi kunida maktab direktorlari va amaliyotçi öqituvçilar bilan kasbiy standart talablarining kundalik pedagogik faoliyatga muvofiqligi, dars jarayonini samarali taşkil etiş, öquvçilar bilimini baholaş hamda öqituvçilarning kasbiy rivojlaniş bosqiçlarini belgilaş yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, kasbiy standartda inklyuziv ta’lim, kompetensiyaviy yondaşuv, xavfsiz ta’lim muhitini yaratiş, pedagogik etika va ota-onalar bilan hamkorlik kabi yönalişlarni aks ettiriş, öqituvçilarning mutaxassis, ikkinçi, birinçi va oliy malaka toifalari böyiça kasbiy ösiş mezonlarini aniqlaştiriş masalalari körib çiqildi. Ta’kidlanganidek, öqituvçilarning kasbiy standartini takomillaştirişdan közlangan asosiy maqsad — pedagoglarga qöyiladigan kasbiy talablarni aniq va tuşunarli belgilaş, ularning uzluksiz kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, attestatsiya va malaka oşiriş tizimlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaş orqali umumiy örta ta’lim sifatini oşirişdan iborat. Uçraşuv yakunida iştirokçilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni umumlaştiriş hamda ular asosida öqituvçilarning kasbiy standarti loyihasini yanada takomillaştiriş böyiça işlarni davom ettiriş belgilandi.
Uçraşuv davomida öqituvçilarning kasbiy faoliyatiga qöyiladigan zamonaviy talablar, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, kasbiy kompetensiyalarini baholaş hamda xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, Angliya va Avstraliyaning öqituvçilarga qöyiladigan kasbiy talablari, şuningdek, UNESCO va Education International tomonidan işlab çiqilgan öqituvçilarning kasbiy standartlari böyiça global ramka örganilib, ularning Özbekiston ta’lim tizimida qöllaş mumkin bölgan jihatlari tahlil qilindi.