8-Aprel, 2026-yil
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida energetika sohasi tarmoq kengashi vakillari uchun kasbiy malakalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening oʻtkazildi. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilar energetika sohasida dolzarb va yangi shakllanayotgan kasblar uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqishning metodologik asoslari hamda amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Seminar davomida mashgʻulotlarning milliy klassifikatori (MMK-2025), tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni shakllantirish, ularning tarkibiy elementlari boʻyicha nazariy bilimlar berilib, amaliy koʻnikmalar mustahkamlandi. Shuningdek, energetika yoʻnalishi boʻyicha 2026-yilda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kasbiy standartlar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar va keyingi bosqichdagi ishlar yuzasidan aniq yoʻnalishlar belgilab olindi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati