Menyu

“Amir Temur oyligi” doirasida Sohibqiron merosiga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

9-Aprel, 2026-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-son Qaroriga muvofiq, joriy yil davomida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash, shuningdek aprel oyini “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimi A.Sultonova ishtirok etib, Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida Amir Temur merosining bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik va milliy g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech