18-Aprel, 2026-yil
Seminarning ikkinchi kunidagi tadbirlar malaka tizimida innovatsion yondashuvlar hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Kun tartibida mehnat bozori ehtiyojlariga mos ko‘nikmalarni prognozlash modellari, “yashil” iqtisodiyot, raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt natijasida vujudga kelayotgan yangi kasbiy kompetensiyalar, mikromalakalar tizimining global rivojlanish tendensiyalari muhokama qilindi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi hamda ETF tavsiyalari asosida milliy malaka tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mexanizmlarni O‘zbekiston sharoitida joriy etish istiqbollari yuzasidan mutaxassislar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Seminar yakunida milliy malaka tizimini rivojlantirish bo'yicha xulosalar ishlab chiqildi, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati