Menyu

Taʼlim va fan sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashida tashkil etilgan ishchi guruh uchun navbatdagi seminar tashkil etildi

21-Aprel, 2026-yil

Seminar davomida sohaga tegishli kasb va lavozimlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga tegishli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ta’lim va fan tizimida faoliyat yuritayotgan xizmatchilar lavozimlarining malaka ma’lumotnomasini ishlab chiqish yuzasidan asosiy yondashuvlar va metodik yechimlar taqdim etildi. 

Bu jarayonda lavozimlar kesimida funksional tahlil o‘tkazish, aniq malaka talablari hamda vazifalarni tizimli belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Seminar doirasida ishchi guruh va ekspert komissiyasi tomonidan tayyorlangan materiallar ko‘rib chiqilib, ularni yanada takomillashtirish, amaliyotga yo‘naltirish hamda amaldagi normativ-huquqiy talablar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech