Menyu

Jahon banki delegatsiyasi bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi

10-May, 2026-yil

Jahon banki guruhining Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha Ta’lim va koʻnikmalar global amaliyoti rahbari Rita Almeida boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuv mamlakatimizda kasbiy va oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarini muhokama qilish, xalqaro tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv davomida kasbiy va oliy ta’lim tizimida institusional, akademik, moliyaviy hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, ta’lim muassasalari faoliyatida samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng joriy etish hamda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi global raqobat sharoitida ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki iqtisodiyot ehtiyojlariga mos, zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashning muhim mexanizmiga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim tizimini raqamlashtirish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Umummilliy so‘rovnoma jarayoni ham alohida muhokama qilindi. Tomonlar mazkur so‘rovnomalarning ta’lim tashkilotlaridagi mavjud holatni kompleks baholash, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Qayd etilganidek, so‘rovnomalar orqali ta’lim muassasalaridagi muammolar va ehtiyojlar aniqlanadi, talabalar va pedagoglarning fikr-mulohazalari o‘rganiladi, ta’lim jarayoni samaradorligi tahlil qilinadi, dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirish, boshqaruvni takomillashtirish va tizimdagi islohotlarni manzilli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga samarali tatbiq etish, ta’lim sifatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish va malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Jahon banki vakillari tomonidan ta’lim sohasida inson kapitali rivoji iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili ekani alohida ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanib, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhim strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro tajriba va innovasion yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Xususan, ta’lim sifatini baholash tizimlarini takomillashtirish, raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, akademik va boshqaruv salohiyatini oshirish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash, xalqaro reyting va standartlarga integratsiyalashuv kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish muhim vazifalar sifatida belgilandi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro ta’lim makoniga integratsiya qilish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib qoladi.

Ta’lim sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning kengayib borayotgani esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqlik, shaffoflik va xalqaro standartlarga muvofiqlik tamoyillari asosida olib borilayotganini yana bir b or namoyon etmoqda.

 

Powered by GSpeech