Menyu

Transport va avtomobilsozlik sohalarida malaka tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

23-May, 2026-yil

Transport vazirligida Transport va avtomobilsozlik sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tarmoq malaka ramkasini amaliyotga joriy etish, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, malakani baholash markazlari faoliyati, shuningdek, mehnat bozorida dolzarb bo'lgan kasblar bo'yicha malaka sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama davomida transport va avtomobilsozlik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashni mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish, tarmoq kengashi faoliyatida ish beruvchilar ishtirokini kengaytirish yuzasidan soha mas'ullari va institut jamosi o'rtasida mulohazalar o'tkazildi.

Uchrashuv yakunida tarmoq kengashi faoliyaitda belgilangan vazifalar va yangi islohatlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik yo'nalishlari belgilandi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech