Menyu

Kelajak kasblari va zamonaviy ko‘nikmalar uchun strategik hamkorlik

26-May, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida “O‘zbekistonda muhim tarmoqlar uchun ko‘nikmalar va mehnat bozori bilan bog‘liqlik (SKILL-UP)” loyihasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

🔵 mehnat bozori ehtiyojlariga asoslangan kasbiy standartlar va baholash vositalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
🔵 qisqa muddatli ta’lim dasturlarini kasb standartlari va malaka talablari bilan uyg‘unlashtirish;
🔵 pilot hududlarda yangi ko‘nikmalar va ustuvor tarmoqlar bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish kabilardir.


Shuningdek, tomonlar metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, treninglar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashuv tashriflarini tashkil etish bo‘yicha ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar mehnat bozori talablariga moslashuvchan ko‘nikmalar tizimini rivojlantirishga qaratilgan memorandumini imzoladilar.

Powered by GSpeech