Menyu

YUNESKO vakillari bilan Milliy malaka tizimini takomillashtirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23-Iyun, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida YUNESKOning kasbiy ta’lim va malakalar sohasidagi xalqaro eksperti, Ruminiya Milliy texnik va kasbiy ta’limni rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari Dana Кarmen Stroie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Institut mutaxassislari hamda YUNESKO vakillari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar bilan uyg‘unligini ta’minlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
 

Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:

🔹 Milliy malaka reyestrini joriy etish va uning zamonaviy raqamli infratuzilmasini shakllantirish;

🔹 pilot tarmoqlarda malaka standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

🔹 malaka standartlarida kreditlar hajmini belgilash metodologiyasi hamda bu boradagi xalqaro yondashuvlarni qo‘llash;

🔹 ta’lim natijalari, kasbiy kompetensiyalar va mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash masalalari.



Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech