Menyu

DARYA loyihasi doirasida xalqaro seminar: ilg‘or tajriba va amaliy yondashuvlar

15-Aprel, 2026-yil

Joriy yilning 13-14-aprel kunlari DARYA (Developing and Applying a Regional Approach to Non-Formal and Informal Learning Validation in Central Asia) loyihasi doirasida ikki kunlik o‘quv seminari tashkil etildi. 

Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan mintaqaviy tashabbus bo‘lib, uning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish hamda norasmiy va informal ta’limni tan olish (VNFIL — Validation of Non-Formal and Informal Learning) tizimini joriy etishdan iborat.

Seminarda Markaziy Osiyoning besh davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar, shuningdek, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti xodimlari hamda qurilish sohasi tarmoq kengashi a’zolari faol qatnashdi.

Seminar davomida norasmiy va informal ta’limni validatsiya qilish (VNFIL) tizimining maqsadi hamda asosiy tamoyillari, baholovchi ekspertlarning roli, funksiyalari, zarur kompetensiyalari, baholovchi va konsultant rollari o‘rtasidagi institutsional farqlar, Yevropa tajribasi, xususan, Finlandiya modeli asosida baholash yondashuvlari kabi ustuvor masalalar tahlil qilindi.

Xalqaro, xususan finlandiyalik ekspertlar tomonidan olib borilgan sessiyalar davomida zamonaviy va innovatsion yondashuvlar taqdim etilib, ishtirokchilarga ilg‘or metodologiyalar yetkazildi.

Seminar interaktiv shaklda tashkil etilib, guruhlar bilan ishlash, keys-stadi tahlillari va tajriba almashish jarayonlari samarali yo‘lga qo‘yildi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

Powered by GSpeech