Menyu

Buxgalteriya sohasida malakani baholash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

26-Avgust, 2026-yil

O‘zbekiston Buxgalterlar Federatsiyasi hamda “Buxgalterlar malakasini baholash markazi” MChJ vakillari ishtirokida buxgalteriya sohasida malakani baholash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti vakillari tomonidan tarmoq kengashlarining vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, tarmoq malaka ramkalarini shakllantirish, kasbiy standartlarni ishlab chiqish, shuningdek, malakani baholash markazini tashkil etish bosqichlari yuzasidan batafsil ma’lumot va taqdimotlar taqdim etildi.

Shuningdek, malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari va tartiblari, markaz rahbari hamda baholovchi-ekspertlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, baholash vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, kasbiy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar ishtirokchilariga kasbiy imtihonlarni tashkil etishda Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, baholash jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda baholashning xolisligi, shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida buxgalteriya sohasida malakani baholash tizimini rivojlantirish, zamonaviy baholash mexanizmlarini amaliyotga joriy etish hamda malakani baholash markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Powered by GSpeech