5-Iyun, 2026-yil
Unda milliy malaka tizimini rivojlantirish, tarmoq kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy holati muhokama qilindi.
Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ–345-son qarori hamda Respublika kengashining 2025-yil 18-dekabrdagi 114-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda tarmoq kengashlari bilan hamkorlikda iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy malaka talablari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish, malakalarni baholash tizimini takomillashtirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, hozirga qadar 36 ta tarmoq malaka ramkasi, 228 ta kasbiy standart hamda 17 ta malakani baholash vositasi loyihalari ishlab chiqildi. Shuningdek, 28 ta tarmoq malaka ramkasi hamda 536 ta kasbni qamrab olgan 128 ta kasbiy standart tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi.
Majlisda milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga mos kasbiy standartlarni ishlab chiqish, malakalarni baholash infratuzilmasini kengaytirish hamda fuqarolarning turli shakllarda orttirgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini tan olish mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida 2026-yilda 1200 dan ortiq kasbni qamrab oluvchi 305 ta kasbiy standartni ishlab chiqish, shuningdek, 24 ta malakani baholash markazini tashkil etish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish belgilab olindi.
Majlis yakunida milliy malaka tizimini amaliyotga to‘liq joriy etish, ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini samarali ta’minlash hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati